O‘zbekiston | 15:00 / 28.06.2019
54972
2 daqiqa o‘qiladi

Huquqni muhofaza qilish organlari prezidentning Ustyurt GKM qurilishida 80 mln dollar pora olingani haqidagi bayonoti bo‘yicha ish boshladi 

Ustyurt GKM / Foto: Lotte Chemical

Huquqni muhofaza qilish organlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati 20-majlisida Ustyurt GKM qurilishida 80 mln dollar pora olingani to‘g‘risida bergan bayonoti bo‘yicha ish boshladi. 

«Mustaqil bo‘lganimizdan beri neft-gaz sohasidagi loyihalarning 50 foizi pora bilan bo‘lib kelgan. Birgina Surg‘il neft-gaz loyihasi uchun (Surg‘il konidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi — tahr.) bir amaldor 80 million dollar olgan! », – degandi Mirziyoyev.

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqov mazkur faktni «tasdiqlash uchun asosi yo‘qligini» aytdi.

«Bu masalada davlat rahbarining bayonoti bo‘lsa, demak unda yetarlicha dalillar bor va tabiiyki bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Bilishimizcha, huquqni muhofaza qilish organlari bu masala bilan shug‘ullanishni boshlagan», – dedi Siddiqov jurnalistlarga.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid