Jahon | 10:11 / 29.06.2019
8551
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Maduroning o‘g‘liga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Foto: Getty Images

AQSh Venesuela milliy ta'sis yig‘ini a'zosi, prezident Nikolas Maduroning o‘g‘li Nikolas Ernesto Maduro Gerrani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar qildi.  

“Maduro Gerra tashviqot uchun sa'y-harakatlar amalga oshirgan va senzura qo‘llagan, Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores bilan birga konlardan daromad olgan. Joriy yil boshida Maduro Gerra mamlakatga gumanitar yordam yetkazilishini Venesueladagi demokratiyaga putur yetkazish deb ta'riflab, Venesuela milliy qurolli kuchlariga uni rad etishi uchun bosim o‘tkazgan”, deyilgan xabarda.

AQSh moliya vazirligining ta'kidlashicha, Maduroning o‘g‘li konlarni o‘zlashtirishdan noqonuniy daromad olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid