Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya harbiy attashesi: yaqin kelajakda snayperlar sohasida O‘zbekiston butunlay mustaqil bo‘ladi
O‘zbekiston-Fransiya snayperlari hamkorlikdagi mashg‘ulotlar yakunida Fransiya qurolli kuchlar vazirligining O‘zbekistondagi harbiy attashesi podpolkovnik Jan-Mari Xoltsinger O‘zbekistonda ikki yildan buyon o‘tkazilayotgan “Snayper kundaligi” dasturi va mazkur sohaning istiqboli haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda harbiy jurnalist kapitan G‘ayrat Madrahimov xabar berdi.


- Dunyo xaritasiga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegaradosh. Ushbu davlatning shimoliga to‘g‘ri keladigan ayrim hududlarda terrorchi kuchlar harakatlari kuzatilyapti. Shuning uchun O‘zbekiston Qurolli kuchlari har doim terrorizmga qarshi kurashishga qobiliyatli bo‘lishi kerak, nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun, – deydi harbiy attashe podpolkovnik Jan-Mari Xoltsinger. – O‘zbekistonda ikki yildan buyon “Snayper kundaligi” dasturi bo‘yicha hamkorlikda mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Jami 24 nafar qatnashchidan 8 nafari uchinchi bosqichga muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu normal holat. Ular uchinchi bosqichdan so‘ng snayper tayyorlash bo‘yicha o‘zbek armiyasining ilk yo‘riqchilari bo‘ladi. Yaqin kelajakda snayperlar sohasida O‘zbekiston butunlay mustaqil bo‘ladi. Mazkur mashg‘ulotni tashkil etish bo‘yicha xorij legionlarida, jangovar harakatlarda qatnashgan ilg‘or mutaxassislarni jalb qilganmiz. Biz boshqa mutaxassislik bo‘yicha ham Mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik qilishni maqsad qilganmiz. Men yana bir bora xorij legion vakillariga tashakkur bildirmoqchiman.


Ushbu hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda yangilik sifatida ikki kishilik snayper guruhlar (hozirga qadar o‘zbek armiyasida bir snayper harakatini kuzatish mumkin) harakati, ko‘rish yomon bo‘lgan sharoitda avtomobil, bino ortidan hujumga o‘tish, hattoki obektga yaqinlashib, yaqin masofadan to‘pponchadan otish mashqlarini bajarish kabi amallarni kuzatish mumkin.
Bundan tashqari, otilgan o‘qqa ta'sir etuvchi shamol, havo harorati, porox zaryadining zichligi va nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash kabi masalalar yangi formulalar asosida (odatda bizda eskicha formulalar mavjud) hisoblandi.



Shunday qilib, Markaziy harbiy okrugidagi “Forish” tog‘ poligonida Fransiya Qurolli kuchlarining elita(maxsus vazifalarni bajaruvchi) 13 yarim brigadasining harbiy xizmatchilari kapitan Jan-Gama Toyer, katta serjant Lasha Sulakauri hamda Miksil Kokashvili tomonidan o‘zbek snayperlariga 2019 yil hisobidan ikkinchi bosqich tayyorgarlik sinovlari o‘z yakuniga yetdi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025