Sport | 10:40 / 29.06.2019
7900
1 daqiqa o‘qiladi

Messi tarixda ilk marotaba Argentina madhiyasini kuyladi

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi Amerika Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan Venesuelaga (2:0) qarshi o‘yindan oldin madhiyani kuyladi.

32 yoshli futbolchi tarixda ilk marotaba bu ishni amalga oshirdi. Shu paytgacha 133ta o‘yinda milliy jamoa libosida maydonga tushgan Messi hali biror marta madhiyani kuylamagan edi.

2015 yilda Leo bu haqdagi savolga javob berib: «Argentina madhiyasini kuylamaganman va kuylamayman. Men diqqatimni jamlab olish uchun shunday qilaman», - degan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid