O‘zbekiston | 16:40 / 30.06.2019
12496
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar organlarining tergov-tezkor guruhlari maxsus avtomashinalar bilan to‘liq ta'minlandi

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarma

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 10 yanvar kuni Toshkent shahridagi ichki ishlar organlari faoliyati bilan tanishish davomida Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 7-son ichki ishlar bo‘limida bergan topshiriqlari asosida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 apreldagi 245-f-son farmoyishi qabul qilindi.

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Mazkur farmoyish talablari ijrosi hamda tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, hodisa joyini sifatli ko‘zdan kechirish, tergov harakatlarini hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida innovatsion texnika vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish, jinoyatlarning “issiq izi”dan fosh yetishni ta'minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan tergov-tezkor guruhlari uchun 16 dona maxsus transport vositalari ajratilib, ular zarur asbob-uskunalar, xususan, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dron) va boshqa zaruriy texnikalar bilan jihozlandi.

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 29 iyun kuni vazirlik huzuridagi Tergov departamentining boshqarma boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyev tomonidan ushbu maxsus transport vositalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari hamda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga topshirildi. 

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi
Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Mavzuga oid