“O‘ZAGROTeXSANOATXOLDING” AJ ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi
O‘zbekiston fermerlari va klasterlarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va traktorlari bilan ta'minlash hamda eksport miqdorini yanada oshirish maqsadida “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, Belorusiyaning “MTZ” OAJ bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida 2019 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshiradi. Unga ko‘ra iyun va avgust oylarida TTZ-811 rusumli traktordan 1000 ta, yangi model, 4 g‘ildirakli TTZ-812 dan esa 500 ta ishlab chiqariladi. Qolaversa, “Toshkent Qishloq Xo‘jaligi Texnikasi Zavodi” AJ da dunyoga mashhur “JOHN DeYeR” brendi ostidagi zamonaviy traktorlardan 200 ta ishlab chiqariladi. Hozirda shu va boshqa rusumli zamonaviy traktorlar uchun buyurtmalar qabuli boshlangan.
Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, bu yil “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ qoshida “AGRO TeXNIKA LIZING” MChJ ham tashkil qilingan bo‘lib, yurtimiz fermerlari va klasterlari jamiyat tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, maxsus texnikalar hamda traktorlarni imtiyozli lizing asosida xarid qilishlari mumkin. Hozirda quyidagi texnikalar etkazib berish uchun omborxonalarda mavjudligini ma'lum qilamiz:
Ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshirilishi o‘z-o‘zidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ ning ikkinchi yarim yillik uchun o‘z oldiga qo‘yilgan eksport rejasini to‘liq amalga oshirishni maqsad qilganligi bilan ham bog‘liq. Ahamiyatlisi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari 2019 yilning birinchi yarmi uchun o‘z oldiga qo‘ygan eksport rejasini 109 % ga bajardi. Eksportning asosiy qismini traktorlar, kombaynlar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda maxsus texnikalar tashkil qiladi. Eksport salohiyatini oshirish haqida gap ketganda O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchixonasi ko‘magida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamda «ORIYENBANK» OAJ hamkorligida 2019-yilning fevral oyida «Orion-Uzagro» qo‘shma ishlab chiqarish korxonasi va korxona qoshida maxsus «showroom» tashkil qilinganligi va u yurtimizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilayotganligini ham alohida ta'kidlash lozim.
Mavzuga oid

09:49 / 01.07.2020
«O‘zagrotexsanoatxolding» tugatiladi - Prezident qarori

14:10 / 04.12.2019
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari xorijnikidan ikki barobar arzon, terim sifati ham yaxshi – Nodir Otajonov

12:00 / 04.12.2019
2020 yildan to‘rtta viloyatda paxtaning 50 foizini mashinada terish rejalashtirilmoqda - Nodir Otajonov

10:50 / 14.07.2019