Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchixonasi Polshadagi avtohalokatda jabrlangan o‘zbekistonlikning holati haqida ma'lumot berdi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi Varshavada avtohalokatga uchrab, jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi haqida ma'lumot berdi.
«OAVning murojaatlariga javoban O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasi mamlakatimiz fuqarosi Baxtiyor Erkin o‘g‘li Lutfullayevning hozirda o‘zi mustaqil harakatlanayotganligi, gaplashayotganligi va ovqat iste'mol qilayotganligini ma'lum qiladi», — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
U 2019 yil 18 may kuni S-3 Polsha milliy trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida behush holda tibbiyot muassasasiga keltirilgan edi. Bemorning yonida uning otasi bo‘lib turibdi. Davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda tibbiyot xodimlari va Polshaning mutasaddi organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +48-22-894-62-30 (2)
Mavzuga oid
10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
10:24 / 26.03.2025