Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada o‘tgan «Formula-1» bosqichi g‘olibi ma'lum bo‘ldi
«Red Bull» jamoasi piloti, niderlandiyalik Maks Ferstappen «Formula-1» sinfidagi mashinalar ishtirokidagi avtopoygalar bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi bosqichi — Avstriya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.
Marraga ikkinchi bo‘lib «Ferrari» piloti, monakolik Sharl Lekler yetib keldi. Uchinchi o‘rin «Mercedes» poygachisi, finlandiyalik Valtteri Bottasga nasib etdi.
Umumiy hisobda britaniyalik Lyuis Hemilton 197 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Bottas (166 ochko), uchinchi o‘rinda Ferstappen (126 ochko) bormoqda.
Konstruktorlar kubogida «Mercedes» (363 ochko) yetakchi, ikkinchi o‘rinda — «Ferrari» (228 ochko), uchinchi o‘rinda — «Red Bull» (169 ochko).
Keyingi bosqich 11–14 iyul kunlari Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022