Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada bir metr qalinlikda do‘l yog‘di
Meksikaning Gvadalaxara shahri do‘l yog‘ishi oqibatida muz qatlami bilan qoplandi, deb xabar berdi Economista nashri.
Nashrning ma'lum qilishicha, ayrim joylarda muzning qalinligi bir metr va undan ortiqroqni tashkil etgan. Mahalliy OAVdagi suratlardan yo‘llarni muz qoplab olganini ko‘rish mumkin. Bir necha binolar vayron bo‘lgan.
Shtat fuqaro mudofaasi va yong‘in xavfsizligi boshqarmasi direktori Xalisko Viktor Ugo Roldanning so‘zlariga ko‘ra, do‘l yog‘ishi oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Diario de Mexico nashrining yozishicha, shaharni muz parchalaridan tozalashda harbiylar, fuqaro mudofaasi va mahalliy hokimiyat xodimlari qatnashmoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025