Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi sotish hajmini oshirish uchun 45 mln. AQSh dollari ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston hukumat rahbari Abdulla Abdulla bilan bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonning Afg‘onistonga elektr energiyasi sotish hajmini oshirish borasida muzokara o‘tkazishdi. BBC'ning xabar berishicha, O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi savdosi hajmini oshirish uchun 45 million AQSh dollari ajratadi.
Mozori Sharifda o‘tgan uchrashuv vaqtida Abdulla Abdulla tomonlarning elektr energiyasi savdosi hajmini oshirish vaqti allaqachon kelganini ma'lum qildi. Afg‘oniston hukumat rahbari savdo aloqalari yaxshiligini, lekin ularni yanada kengaytirish kerakligini aytdi.

«Afg‘on hukumati tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar kengayishini qo‘llaydi. O‘zbek investorlari Afg‘onistonda, afg‘on investorlari esa O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlariga umid qilamiz»,- dedi Abdulla Abdulla.

So‘zi avvalida Qobuldagi teraktlar munosabati bilan afg‘on xalqiga hamdardlik bildirgan Abdulla Aripov afg‘on investorlarining O‘zbekistondagi faoliyati jadallashganini ta'kidladi: «Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishidan mamnunmiz. Afg‘onistonlik investorlarning O‘zbekistonga jalb qilish borasidagi harakatlarimiz samara berganini aytishim mumkin.
Surxondaryodan Afg‘onistonning Bag‘lan viloyati Puli Xumri shahrigacha bo‘lgan 200 km atrofidagi masofaga elektr energiyasi uzatish 110 million AQSh dollarga tushadi. O‘zbekiston bu uchun 45 million dollar ajratadi»,- deydi O‘zbekiston bosh vaziri.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025