Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Nankin politexnika instituti filiali ochiladi
2019 yil 21-27 iyun kunlari Xitoyning Nankin politexnika instituti delegatsiyasi Toshkentda bo‘ldi. Safar davomida ushbu oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qisqa muddatli professional va ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini ochish muhokama qilindi.
O‘zbek-xitoy savdo uyushmasi xabariga ko‘ra, xitoyliklar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji, «Ishga marhamat» markazi va boshqa joylarda uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida Nankin politexnika instituti filialini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Shu munosabat bilan 26 iyun kuni Nankin politexnika instituti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi «Ishga marhamat» mono-markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Dastlabki bosqichda, yangi o‘quv yilidan boshlab, professional testlar topshirish uchun xitoy tilini chuqur o‘rganish, arxitektura va dizayn, Nankin politexnika institutiga kirish uchun maxsus tayyorlov kurslari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Keyinchalik «2+1» va «2+2» tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish orqali oliy ta'lim muassasining to‘laqonli filialini ochish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025