Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benites Xitoy klubida ish boshladi. Unga 13,4 million yevro maosh to‘lashadi
«Nyukasl» bilan Premer-Ligada qolish vazifasini uddalagan, lekin rahbariyat bilan kelisha olmagani tufayli iste'foga chiqqan Rafael Benitesning yangi jamoasi ma'lum bo‘ldi. Murabbiy bu haqda o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.
«Uzoq o‘ylagandan so‘ng yangi chorlovga tayyor ekanimni his qildim. «Dalyan Ifan»da ish boshlaganimdan mamnunman»,- deb yozdi Benites mikroblogida. Xitoy chempionatining 15-turidan so‘ng 10-o‘rinda borayotgan «Dalyan Ifan»da Benites yiliga 13,4 million yevro maosh oladi. Murabbiylik faoliyati davomida 12 ta jamoada ishlagan Benites ilk marta Osiyo jamoasida ish boshladi.
Rafa faoliyati davomida 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. U jumladan «Valensiya» bilan ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va bir marta UYeFA kubogida (bugungi Yevropa Ligasi) zafar quchgan. Keyinchalik «Chelsi» bilan ham Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan Benites 2005 yil «Liverpul» bilan Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.