O‘zbekiston | 14:22 / 02.07.2019
60495
1 daqiqa o‘qiladi

FVV besh viloyatda sel xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi

Foto: KUN.UZ

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi haqida ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqdagi xabar vazirlik saytida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 3 iyul kuni Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi FVV xabarida.

Mavzuga oid