Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka politsiyasi boshlig‘i teraktlarning oldini olmaganligi uchun hibsga olindi
Shri-Lanka politsiyasi bosh inspektori Pujitx Jayasundar va mudofaa vazirligining sobiq kotibi shu yilning aprelida teraktlar sodir etilishiga olib kelgan xatolari uchun hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Dappul de Liverga tayanib Channel News Asia xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya va mudofaa vazirligi vakillarining loqaydliklari "xalqaro huquqda insoniyatga qarshi jinoyat deb ataluvchi darajaga" yetgan.
Bosh prokuror shuningdek yana to‘qqiz nafar yuqori lavozimdagi politsiya xodimlari o‘z vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondashganlikda gumon qilinayotganini aytgan.
Shri-Lankada 21 aprel kuni bir nechta xristianlik ibodatxonalari va mehmonxonada portlashlar yuz bergan, oqibatda 258 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025