Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq shoiri O‘zbekistondagi aeroportlar Rossiya kompaniyasi boshqaruviga berilishini xavotirli deb atadi
Rossiyaga qarashli «Novaport» kompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolaganidan keyin ijtimoiy tarmoqda ushbu aeroportlari boshqaruvi «Novaport» kompaniyasiga o‘tishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalib, turli bahs va munozaralarni keltirib chiqardi.
Bu borada tahririyatimizga ham ko‘plab murojaatlar yetib kelmoqda. Kun.uz’ga yo‘llangan murojaatlardan navbatdagisi O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan bo‘ldi. Unda Yozuvchilar uyushmasining sobiq rahbari O‘zbekistondagi ayrim aeroportlar boshqaruvi Rossiya kompaniyasiga o‘tishi borasida o‘z xavotirlarini bildirgan.
Quyida mazkur ochiq xatdan ayrim qisqartmalarni keltiramiz.
«Men keksa bir qalamkash O‘zbekiston xalq shoiri sizlarga bugungi kunda dolzarb masalada murojaat qilyapman.
Urganch, Samarqand va Namangan aeroportlari boshqaruvi Rossiyaning «Novaport» kompaniyasi boshqaruviga berilgan emish. Eshitib seskanib ketdim. Bu nima degan gap? Bu – «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga xorijiylar hukmronlik qiladi degani. Buning oqibatini tushunish uchun katta aql egasi bo‘lishi shart emas.
O‘ylab qarang, Rossiya hech qachon Sankt-Peterburg aeroporti boshqaruvini xorijiylarga berib qo‘yadimi? Aslo! Yoki Qozog‘iston Olmaota aeroporti boshqaruvini chet elliklarga berib qo‘yadimi? Aslo!
Bu masalada chekinish, yon berish, yengil-yelpi munosabatda bo‘lish mumkin emas.
Aziz birodarlar! Ovozingizni chiqaring. Xalq bilan kengashmay, kimlardir imi-jimida amalga oshirayotgan bu ishning yo‘lini to‘saylik. Prezidentimiz kecha-kunduz g‘ayrat ko‘rsatib, yaxshi islohotlar joriy etayotgan, xalqimiz ertangi kuniga katta umid ko‘zini tikib, ko‘tarinki kayfiyatda yashayotgan bir sharoitda bu noxush xabar xuddi yoz chillasida yoqqan qor kabi yomon ta'sir etadi menga», deydi xalq shoiri.
Jamol Kamol jamiyatda erkin fikr muhimligini ta'kidlab, atom elektrostansiyasi qurilishi masalasi ham turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgani, lekin osmon uzilib yerga tushmagani, bu borada ham xalqimiz o‘z fikrini qo‘rqmasdan erkin bildirishi kerakligini ta'kidlaydi.
Jumladan, «Siz ham ovoz chiqazing. Xalq va davlat oldidagi burchingizni ado eting. Yurtimiz havo yo‘llarining rahbarlariga tushuntiring. Osmon uzilib yerga tushmaydi», deydi u.
Bundan avvalroq Transport vazirligi O‘zbekistondagi bir nechta aeroportlarning nima uchun ayni kompaniyaga berilishiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025