Jahon | 20:14 / 02.07.2019
30397
2 daqiqa o‘qiladi

Yong‘in chiqqan suvosti apparati o‘ta maxfiy atom suvosti kemasi ekani ma'lum bo‘ldi

Yong‘in chiqishi natijasida rossiyalik 14 dengizchi halok bo‘lgan suvosti apparati aslida «Losharik» nomi bilan ma'lum bo‘lgan AS-12 o‘ta maxfiy suvosti kemasidir. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Avvalroq, Rossiya Harbiy Dengiz Flotining (HDF) 14 nafar dengizchisi suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yuz bergan yong‘in natijasida halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi

RBK ma'lumotiga ko‘ra, bu kema suvosti ilmiy-tadqiqot apparati emas, balki o‘ta maxfiy atom suvosti kemasidir. Unda yuz bergan yong‘in natijasida 14 nafar dengizchi tutundan zaharlanib halok bo‘lgan. Yong‘in o‘chirilgan, kema esa ayni paytda Severomorsk harbiy-dengiz bazasida saqlanmoqda.

AS-12 atom suvosti kemasi bir-biri bilan bog‘langan bir qancha titan sferalardan iborat. Kema 6 ming metr chuqurlikkacha tushadi va suv ostida 30 uzel tezlikda harakatlanadi.

AS-12 kemasining texnik ma'lumotlari maxfiylashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, uning uzunligi 70 metrni, eni esa 7 metrni, to‘la suv sig‘imi 2 ming tonnani tashkil qiladi. «Losharik» nomini esa multfilm qahramoni bo‘lmish shishiriladigan sharlardan yasalgan toychoqdan olgan.

Mavzuga oid