Jamiyat | 14:10 / 05.07.2019
3879
1 daqiqa o‘qiladi

8-9 iyul kunlari Samarqand shahrida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: Karl-Josef Hildenbrand / dpa

Samarqand shahrida 2019-2020 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilishi munosabati bilan 8 iyul soat 08:00 dan 9 iyul 19:00 gacha tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu borada Samarqand shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.

«Shahargaz ma'muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi. Gaz xavfsizligi tavsiyalariga amal qilishingizni so‘raymiz»,- deyiladi bayonotda.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid