Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yozgi Universiadadagi dastlabki medalni qo‘lga kiritdi
Italiyaning Neapol shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Universiadaning dzyudo bo‘yicha birinchi kun bahslari yakunlandi. Ushbu bellashuvlarda erkaklar va ayollar terma jamoasi jami 4ta vaznda tatamiga ko‘tarildi.
Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarning +90 kg vazn toifasida Muhammadkarim Xurramov “A” guruhida amerikalik Kerr Mason Piper, vengriyalik Peter Arvai va Bogdan Voitsikni mag‘lub etdi, ammo yarim finalda yaponiyalik Kanta Nakanoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa polshalik Oleksiy Lisenko ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan Mahammadkarim O‘zbekiston delegatsiyasiga turnirdagi ilk medalni taqdim etdi.
Shuningdek, -90 kg vazn toifasida qatnashgan Davlat Bobonov avvaliga saudiyalik Abdulrahmon Alrammanni, keyin yaponiyalik Goki Tajimani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Ammo ushbu bosqichda u braziliyalik Gustavo Assis to‘sig‘idan o‘tolmadi.
Musobaqada ayollar o‘rtasidagi bahslarning -70 kg vazn toifasida ishtirok etgan Gulnoza Matniyazova ilk bosqichda koreyalik Yo Von Lidan ustun keldi. Ammo ikkinchi davrada u rossiyalik Madina Taymazovaga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida esa dastlab Girdzuite Jioyya Fetterlini mag‘lub etdi, biroq hal qiluvchi bahsda germaniyalik Sara Mekelburgga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
+70 kg vazn toifasida Nodira Yo‘ldosheva italiyalik Debora Salani yengishga muvaffaq bo‘ldi, ammo chorak finalda janubiy koreyalik Mi Jin Xan to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida esa uning yo‘liga fransiyalik Valentin Marshan to‘g‘anoq bo‘ldi.
Universiada dasturida dzyudo bo‘yicha musobaqalar 4-7 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, kelgusi kunlarda yana 6 nafar dzyudochi talabalarimiz medallar uchun bahs olib borishadi.
Mavzuga oid
13:12 / 23.08.2023
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
12:14 / 23.08.2023
“O‘g‘irlanayotgan” maqsadli kvota: g‘ozg‘onliklarning “haqi” nega boshqalarga o‘tib ketdi?
07:48 / 23.08.2023
Bir oilaning uch nafar egizak farzandi davlat granti asosida talaba bo‘ldi
08:08 / 21.08.2023