Jamiyat | 08:49 / 05.07.2019
26279
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi avtomobillarni 7 yilgacha texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik tartibini joriy qilish taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish vaqti keldi. 

“Mamlakatimizda mazkur jarayonni xalqaro standartlar va qoidalarga moslashtirish lozim. Shu sababli, ushbu tartibni joriy etish va majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish zarur deb hisoblaymiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda yangi ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini 7 yilgacha texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik tartibini joriy qilish taklif etilmoqda.

Mavzuga oid