Sport | 22:58 / 06.07.2019
4122
2 daqiqa o‘qiladi

Afrika Kubogi. Nigeriya amaldagi chempion Kamerunni musobaqadan chiqarib yubordi

Afrika millatlari Kubogida pley-off o‘yinlari davom etmoqda.

Nigeriya 1/8 finalda Kamerun bilan bellashdi va 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Odion Igalo o‘yinda 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Qayd qilish joizki, Kamerun 2017 yilda o‘tkazilgan Afrika millatlari Kubogida g‘olib chiqqan edi.

Nigeriya milliy jamoasi chorakfinalda Misr – JAR o‘yini g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Afrika millatlari Kubogi
1/8 final

Nigeriya – Kamerun 3:2 (1:2, 2:0)
6 iyul, «Alexandria Stadium» 
Gollar: 1:0 – 19 Igalo, 1:1 – 41 Baoken, 1:2 – 44 N`Ji, 2:2 – 63 Igalo, 3:2 – 66 Ivobi. 
Nigeriya – Akpeyi, Ayna, Trost-Ekong, Avazem, Omeruo, Etebo, Ivobi (Balogun, 90), Ndidi, Saymon (Chukvueze, 60), Igalo (Onuachu, 85), Musa.
Kamerun – Onana, Oyongo, Ngade-Ngajui, Banana, Fe, Kunde (Zua, 87), Mandjyek (Zambo-Angissa, 62), Shupo-Moting, Bassogog, Baoken, N`Ji (Toko-Ekambi, 70).
Ogohlantirishlar: Kunde (28), Manjyek (51), Avazem (70).

1/8 finalning barcha o‘yinlari
5 iyul
Uganda – Senegal 0:1
Marokash – Benin 1:1 pen. 1:4
6 iyul
Nigeriya – Kamerun 3:2
Misr – Janubiy Afrika 
7 iyul
Jazoir – Gvineya 
Madagaskar – Kongo DR    
8 iyul
Gana – Tunis 
Mali – Kot D’Ivuar

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid