Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik milliarder odam savdosi ayblovi bilan hibsga olindi
Nyu-York huquq-tartibot idoralari 6 iyul kuni amerikalik moliyachi, milliarder Jyeffri Epshteynni jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi bilan shug‘ullanish ayblovi bilan hibsga oldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Epshteyn 8 iyulda sud oldida javob beradi. CBS telekanalining xabar berishicha, milliarder Parijdan o‘z samolyotida Nyu-Jyersi aeroportiga qo‘nganda hibsga olingan.
Ta'kidlanishicha, Epshteyn 10 yil avval balog‘atga yetmaganlarni fohishalikka undashda ayblangan. 2008 yilda u aybini tan olib, tergov bilan kelishuvga borgan va 13 oylik qamoq jazosini o‘tab chiqqan. Bundan tashqari, u jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan va jinsiy jinoyatchi sifatida qayd qilingan.
Ma'lum qilinishicha, milliarderga qarshi yangi sud taftishi Miami Herald nashridagi maqola bilan bog‘liq bo‘lib, unda milliarderning avval noma'lum bo‘lgan 4 nafar qurboni haqida so‘z borgan.
Epshteyn aybini tan olishdan avval Donald Tramp, AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton, Britaniya shahzodasi Endryu bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
15:18 / 13.04.2025