Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Endi turizm bo‘yicha har bir hududning o‘z logotipi bo‘ladi». Turizm qo‘mitasi yangi qadamlarni ma'lum qildi
Joriy yilning 9-10 iyul kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Turizm kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda, hamdo‘st mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasini yanada rivojlantirish, mahorat darslarini tashkil qilish va bir qancha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan MDH Turizm kengashining raisligini O‘zbekiston qabul qilib olishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Har bir hududga logotip
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 yanvardagi qaroriga muvofiq, 14ta hududning turizm yo‘nalishi bo‘yicha o‘z logotiplari joriy qilinishi uchun ishlar olib borilmoqda. Hozirgacha, hududni tasviri tushirilgan logotiplar uchun tanlov e'lon qilingan.
700ta logotip ichidan 84tasi saralab olindi. Eng maqbul logotip loyihalari aholi tomonidan onlayn tarzda ovoz berish usuli bilan aniqlanadi. Logotiplardan hech biri hudud tasvirini to‘laqonli aks etmadi, deganlar uchun alohida izoh qoldirish imkoniyati yaratiladi.
Samarqand masalasi va YuNeSKO roziligi
«YuNeSKO roziligi olinmaguniga qadar, Samarqand tarixiy obidalari buzilishiga hech qanday ruxsat berilmaydi. Turizm sohasining asosiy mahsuloti bu tarixiy obidalardir. Shunday ekan, ularni saqlash eng katta vazifamiz. Boshqa mamlakatlarda ayrim obektlarning o‘zi kiritilgani bo‘lsa, Samarqand to‘liq shahar sifatida himoya ostiga o‘tgan. YuNeSKO tashkiloti shahar aholisining kundalik xizmatlarini ham, madaniy meros uzoq yillar saqlanishini ham o‘rgangan holda ish ko‘radi. Tarixiy obidalarni saqlab qolishda barcha tashkilotlar, vazirlik va hokimliklar birgalikda kelishib harakat qilamiz. Shu bilan birga, 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitini o‘tkazish uchun O‘zbekiston tomonining infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarini «ustuvorlik asosida» ko‘rib chiqish vazifalari bo‘yicha ham ishlar olib bormoqdamiz» , — deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov.
Kutilayotgan sammit
«MDH mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik yetarli darajada emas. Mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmayapmiz. Shuning uchun ham, Markaziy Osiyoning markaziy mamlakati bo‘lgan O‘zbekiston tashabbusni yana bir marotaba o‘rtaga tashlashni o‘ziga maqsad qilib olgan. Kengash tomonidan qabul qilinadigan yangi qarorlarda bu muammolar o‘z yechimini topadi» , — deydi Abdulaziz Akkulov.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
21:23 / 12.05.2025