Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzauto Motors rahbari prezidentning kompaniyaga nisbatan tanqidi o‘rinli bo‘lganini ta'kidladi
Uzauto Motors bosh direktori v.b. Rustam Rajabov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Uzauto Motors kompaniyasi xususidagi tanqidiy fikrlari o‘rinli bo‘lganini ta'kidlar ekan, korxona uzoq yillar zarar ko‘rib ishlaganini bildirdi. Shu bilan birga, Asaka avtomobil zavodi hududida tashkil etilgan matbuot anjumanida kompaniya 2018 yilni foyda bilan yakunlaganini qayd etdi.

«Davlat rahbarimiz tanqid qilganining sababi biz ko‘p yillar “ubitka”da yurganmiz. Zarar ko‘rib ishlaydigan xo‘jalik kimga kerak? Prezidentimiz shu jihatga e'tibor qaratgan va tanqidi o‘rinli bo‘lgan.

Allohga shukr, o‘tgan 2018 yilda prezidentimiz islohotlari samarasi natijasida 1 trln 375 mlrd so‘m foyda ko‘rildi. 15 foiz rentabellikka erishildi. Buning natijasida ishchilarning maoshlari ham 1,5 baravarga oshirildi», - dedi Rustam Rajabov.

Mavzuga oid
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi
18:45 / 27.12.2024