Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistika sohasida ishlashni istaysizmi? Unda bu taklif aynan siz uchun
Xabardor.uz sayti tajribali, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan va mas'uliyatli jurnalistlarni ishga taklif etadi.
1. Saytning bosh muharrirligi lavozimiga.
Qo‘yiladigan talablar:
- rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish rag‘batlantiriladi);
- yosh: 30dan 40gacha;
- ish tajribasi: shu sohada kamida 5 yil;
- ishni professional olib borish, xodimlarning materiallarini tahlillash, muxbirlarni zarur joylarga material tayyorlash uchun yuborish va ularning ishini nazorat qilish;
- oylik ish haqi: 5 mln so‘m va undan yuqori.
2. Xabardor.uz sayti uchun jurnalist.
Qo‘yiladigan talablar:
- avvalo, o‘z kasbini sevadigan va unga mas'uliyat bilan yondashadigan;
- yosh: 20dan 30gacha;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiladigan;
- hududlardan tezkor reportaj tayyorlash;
- yangiliklarga tezkor munosabat bildirishi, zarur paytda kerakli materialni tayyorlay olishi;
Xabardor.uz sizga:
- Eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;
- shahar markazidagi ofis;
- rasmiy mehnat shartnomasi;
- oylik ish haqi: 3 mln so‘m va undan yuqori.
- o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyati va boshqa qulayliklarni taklif etadi.
Nomzodlardan [email protected] elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlarni (F.I.Sh., yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar – nashr etilgan maqolalardan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar) yuborish so‘raladi.
Murojaat uchun telefon: +998 90 964 10 15 (Soat 10:00 dan 18:00 ga qadar)
Mavzuga oid
15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda
18:28 / 25.04.2024
O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi
21:17 / 12.03.2024
Kun.uz ingliz tilida ishlovchi jurnalistlarni ishga taklif qiladi
18:54 / 07.09.2023