Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Venesuela muxolifati bilan muzokaralar boshlanganini ma'lum qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat muxolifati bilan muzokaralar jarayoni boshlanganini ma'lum qildi.
Muzokaralar Barbados orolida bo‘lib o‘tmoqda, ularda shuningdek Norvegiya hukumati vakillari ishtirok etmoqda.
Tomonlar Venesueladagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy sohalarga tegishli 6 ta masalani muhokama qilishi kutilmoqda.
Maduroning aytishicha, u muzokaralarga katta umid bilan qaramoqda. “Bugun muzokaralar 5 soat davom etdi, qadamma-qadam Venesuela uchun tinchlik, sermahsul muloqot yo‘lini ochishimiz mumkin”, deb aytgan Venesuela prezidenti.
Lotin Amerikasi davlatidagi vaziyat ommaviy noroziliklardan keyin muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandan so‘ng keskinlashgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025