Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonun bilan Milliy gvardiya organlari ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.
Milliy gvardiya jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholini turli ichki tahdidlardan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek Milliy gvardiyaning vakolatiga kiritilgan davlat ahamiyatidagi maxsus vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Milliy gvardiyada o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qilish funksiyasiga ega bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organidir.
Milliy gvardiya o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
davlat ahamiyatiga ega maxsus vazifalarni bajarish, shu jumladan jamoat tartibini, jismoniy va yuridik shaxslarning xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qurollangan jinoyatchilar hamda terrorchilik guruhlarini qo‘lga olish va yo‘q qilish, tezkor-qidiruv va boshqa maxsus tadbirlarni jangovar ta'minlash;
qo‘riqlash faoliyati sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni tashkillashtirish va ta'minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlat qo‘riqlash organlari faoliyatini nazorat qilish;
fuqaroviy va xizmat qurollari hamda ular o‘q-dorilarining muomalada bo‘lishi sohasini nazorat qilish;
fuqaroviy va xizmat qurollari muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
qonunchilikka muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni o‘tkazish, ma'muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Milliy gvardiya kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini, shuningdek harbiy xizmatchilari va xodimlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishni tashkil qilish;
rasmiy uchrashuvlarda va chet davlatlar rasmiy vakillari, xorijiy delegatsiyalarni kuzatishda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi bayram va tantanali marosimlarda rasmiy tantanali tadbirlarni o‘tkazish;
jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda va aholi gavjum bo‘ladigan joylarda davlat organlariga bevosita ko‘maklashish;
qo‘riqlanadigan shaxslar xavfsizligini ta'minlashda, shu jumladan favqulodda vaziyatlar sharoitida, alohida davrlarda huquqiy rejimni ta'minlash va terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazishda ishtirok etish;
Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘llash rejalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining hududiy mudofaasida, shuningdek, terrorchilik harakatlari va tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yuklatilishi mumkin bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarish.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024