Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonaning davlat aksiyalari Rossiya shirkatiga «nol» qiymatda sotiladi
Toshkent viloyatida Angren Pask XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Angren Pask XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi “Nikol Pak UK”ga (Rossiya) quyidagi investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda sotiladi:
1-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritish hamda 2019-2020 yillarda Angren Pask XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish;
2-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish;
3-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiyalar kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 300 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi
20:12 / 05.03.2025