Sport | 11:30 / 09.07.2019
3390
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik nayza uloqtiruvchi qiz talabalar universiadasida finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada o‘yinlari davom etmoqda. 

8 iyul kuni San-Paulo stadionida yengil atletika bo‘yicha musobaqalarga start berildi.

23ta davlat sportchilari qatnashgan nayza uloqtirish bo‘yicha saralash bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Sanobar Erkinova 52,87 metr natija ko‘rsatib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi. 

Nayza uloqtirish bo‘yicha final bahslari 10 iyul kuni o‘tkaziladi. 

Ma'lumot uchun, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi bo‘lgan Sanobar Erkinova joriy yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 54,75 metr natija ko‘rsatib beshinchi o‘rinni band etgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid