Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda joriy yilda 460 mingdan ko‘proq kishi vabo bilan kasallandi
Joriy yilda Yamanda 460 mingdan ko‘proq kishi vabo bilan kasallangan, 705 kishi undan vafot etgan. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Farxon Haq ma'lum qildi.
Haqning ta'kidlashicha, kasallanganlardan 200 mingga yaqini bolalardir. Joriy vaziyat 2018 yildagidan og‘irroq bo‘lib, o‘tgan yil kasallanishlar soni 380 mingtani tashkil qilgan.
Joriy yilda Yamanda 705 kishi vabodan vafot etgan, 2018 yilda bu raqam 75 kishini tashkil qilgan.
Haqning aytishicha, kasallikning jadal tarqalishiga mamlakatdagi toshqinlar va toza ichimlik suvi yetishmasligi ta'sir qilgan. BMT vakilining ta'kidlashicha, 20 mln yamanlikka 4,2 mlrd dollarlik gumanitar yordam zarur. “Bugunga kelib bu summadan 32 foizigina yig‘ilgan”, deb qo‘shimcha qilgan Haq.
Mavzuga oid
15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi
18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi
11:54 / 07.05.2025