Jahon | 22:00 / 10.07.2019
13224
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev ichki ishlar vazirligiga yana so‘roqqa chaqirtirildi 

Foto: kremlin.ru

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining bosh tergov boshqarmasi sobiq prezident Almazbek Atamboyevni takroran so‘roqqa chaqirtirdi. Ma'lum qilinishicha, Atamboyev 11 iyulda so‘roqqa kelishi kerak. 

Atamboyevga so‘roqqa kelish haqidagi birinchi chaqiruv qog‘ozi 9 iyulda kelgan. Biroq sobiq prezident so‘roqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qog‘ozini hatto qo‘liga olmasligini aytgan. Ta'kidlanishicha, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishi kerak.

Qirg‘izistonda Atamboyevga bir nechta ayblovlar qo‘yilmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosi olishi mumkin.

9 iyulda Atamboyev Qirg‘izistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi. Avvalroq esa u daxlsizlikdan mahrum etilgandi.

Mavzuga oid