Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tashkilotlar «O‘zbekneftgaz» tarkibiga qo‘shiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan ayrim tashkilotlar “O‘zbekneftgaz” AJga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga qo‘shish yo‘li bilan qayta tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Xususan, “O‘zbekneftgaz” AJ quyidagi aktivlarni qabul qilib oladi: “Neftgazeksport” MChJ, “O‘ZNEFTEGAZGEOLOGIYA” MChJ, “Neftgazqazibolish-Injiniring” MChJ, “Ustyurt GKM direksiyasi” UK, “Jarqo‘rg‘onneft” AJ, “Geoburneftgazservis” MChJ, “Neftgazinvest” MChJ. “Ta'sis-O‘quv” MChJ o‘quv markazi esa “Tarmoqlararo o‘quv-kurs kombinati” MChJni qabul qiladi.
Bundan oldin, O‘zbekistonda neft-gaz sektori isloh qilinishi, “O‘ztransgaz” “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqarilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025