Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Peterburgda jarohatlangan o‘zbekistonlik ayol haqida rasmiy ma'lumot berildi
 
                                    Foto: Vasiliy Kuzmichenok / TASS
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 7 iyul kuni mazkur shaharda travmatik miltiq orqali O‘zbekiston fuqarosi K.A.ning yuzi jarohatlangani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
TIV xabariga ko‘ra, jarohatlangan hamyurtimiz shifoxonaga joylashtirilgan hamda uning holati qoniqarli. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Bosh konsulxonaga bergan xabariga ko‘ra mazkur qurolli hujumda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan. Unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Peterburgda o‘zbekistonlik ayol kasalxonaga olib ketilgani, uning yuziga qarata o‘q uzishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
 
                        23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
 
                        18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
 
                        11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
 
                        19:21 / 01.05.2025
 
               
             
               
            