Jamiyat | 03:11 / 11.07.2019
12301
2 daqiqa o‘qiladi

Tarkibida sovun bo‘lgan yog‘ mahsulotidan saqlaning -   Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 

Foto: Izvestiya

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda «O‘zyog‘moysanoat»  uyushmasi tarkibida sovun qoldig‘i mavjud bo‘lgan qalbaki paxta yog‘lari haqida ogohlantiradi. Bu haqida «Oila davrasida»  gazetasi yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida plastik idishlarda qadoqlangan Antiqa olam paxta yog‘i tarkibida sovun qoldig‘i mavjudligi, kislota miqdori ham me'yoridan ortiqligi aniqlangan.

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xarid chog‘ida sanoat usulida qadoqlangan va savdoga chiqarilgan o‘simlik moylarini tanlashni tavsiya etmoqda. Uning yorlig‘ida ishlab chiqaruvchi hajmi, navi, turi, qadoqlangan sanasi, standart belgisi ko‘rsatilishi shart.

Yorliqdagi barcha ma'lumotlar aniq va ravshan ko‘rinishi shart. Yog‘-moy mahsulotlari majburiy sertifikatlanadi. 

«Mahsulot sifatiga ishonch hosil qilish uchun iste'mol sotuvchidan uning muvofiqlik sertifikati hamda mahsulotga tegishli bo‘lgan boshqa ma'lumotlarni talab qilishga haqli» , ─ deyiladi gazeta xabarida.

Mavzuga oid