Sport | 11:40 / 13.07.2019
4388
1 daqiqa o‘qiladi

Afrikalik milliarder Nigeriyaning har bir goli uchun 50 ming dollar va'da qilmoqda

Foto: REUTERS

Nigeriya milliy jamoasi futbolchilari Afrika millatlari Kubogidagi sermahsul o‘yin uchun qo‘shimcha mukofot bilan taqdirlanadilar.

Afrikaning eng boy kishisi Aliko Dangote yarimfinalda urilgan har bir gol uchun 50 ming dollar, yana bir tadbirkor Femi Otedola 25 ming dollar va'da qilmoqda.

Dangotening boyligi 10 milliard dollarga, Otedolaniki 1,8 milliard dollarga baholanadi.

Nigeriya milliy jamoasi Afrika millatlari Kubogi chorakfinalida Janubiy Afrikani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi yarimfinalda Jazoir milliy jamoasi bilan bellashadi.

«Yashil burgutlar» Afrika millatlari Kubogida 1980, 1994 va 2013 yillarda g‘alaba qozonishgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid