O‘zbekiston | 15:03 / 13.07.2019
27658
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Foto: O‘zA

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni istiqbolli vazifalarni samarali hal etish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy hokimliklarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta'minlaydi.

Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar – Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasi.

Nizom bilan bo‘limning huquqlari va javobgarligi, tuzilmasi belgilab berildi.

Bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, tadbirkorlikni rivojlantiradi va to‘siqlarni bartaraf etadi.

Bo‘lim ishiga uning mudiri rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid