Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an S- 400 kelishuvini Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an Turkiyaning eng yirik gazetalari muharrirlari bilan intervyusida S-400 kelishuvining alohida ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tdi. Unga ko‘ra Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining dastlabki qismlari Turkiyaga shu haftada yetkazila boshlandi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu bitim tarixdagi eng muhimlaridan biri hisoblanadi, chunki u tinchlikni kafolatlashga imkon beradi.
Turkiya prezidenti uning davlati urushga tayyorgarlik ko‘rmayotgani, biroq o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun zamonaviy qurollar xarid qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
Erdo‘g‘an Turkiya o‘zining geografik joylashuvi sababli doimo turli yo‘nalishlardagi xavflarga to‘qnash kelishiga to‘g‘ri kelishini ta'kidlab o‘tgan. Shu bilan birga u G‘arb davlatlari bilan harbiy kelishuvlar xavfsizlikni kafolatlamasligini qo‘shimcha qilgan. U Turkiya chegaralari yaqinida doimo turli ixtiloflar yuzaga kelishini qayd qilib o‘tgan.
Erdo‘g‘an 100 nafar kishi Rossiyada o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tab qaytgani, endilikda ularning o‘zi ham boshqalarni o‘rgatishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, davlatga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini boshqarishni biladigan 10 chandon ko‘proq odam zarur.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025