Fan-texnika | 09:21 / 15.07.2019
6813
5 daqiqa o‘qiladi

Libra nima? Facebook’ning raqamli valutasi dunyodagi yirik tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin

Foto: REUTERS/Dado Ruvic

The Economist Facebook kompaniyasi o‘zining raqamli valutasini chiqarishi va dunyodagi yirik moliyaviy tashkilotlardan biriga aylanishi mumkinligini aytmoqda.

So‘nggi yillarda bitkoynlarning o‘sishi yoki Facebook shaxsiy ma'lumotlarning qayta ishlanishi uchun hujum qilganini kuzatganlar ijtimoiy tarmoqlar giganti shaxsiy raqamli valutasini chiqarayotganini ko‘rib ehtimol hayron bo‘lgandir. Biroq Libra ana shunday raqamli valuta. Facebook kelasi yilning birinchi yarmida o‘z valutasini chiqaradi. Agar bari rejadagidek ketsa, Libra Messenger hamda WhatsApp firmalari, shuningdek raqobatlashuvchi ilovalarda sotiladi, saqlanadi, yuboriladi va qabul qilib olinadi. Smartfon tugmasining bosilishi yuboruvchi va oluvchi sayyoraning turli mamlakatlarida bo‘lgan taqdirda ham pulni qo‘ldan-qo‘lga bir zumda o‘tishga majbur qiladi.

Mohiyatan, Libra mavjud to‘lov tizimlarini takroran kashf etish va bitkoynlarni yaxshilashga bo‘lgan intilishdir. Bitkoynlar bilan amalga oshiriladigan tranzaksiyalar daqiqalar davomida amalga oshirilib, bir necha dollar tursa, Libra esa bir necha soniyalar davomida arzimas komissionlar evaziga harakatlanadi. Bitkoynlarning narxi juda o‘zgaruvchan bo‘lgan bir paytda Libra’ning tebranishlari minimal bo‘ladi. Chunki u valutalar savatiga mahkamlanadi. Bitkoynlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar 1000 kVt-soatdan ko‘proq hisoblash energiyasini talab etsa, Libra tranzaksiyalari kredit kartalari bilan amalga oshiriladigan tranzaksiyalardan ko‘p quvvat sarflamaydi.

Libra foydalanuvchilar real pulga tangalar sotib olganidagina yaratiladi. Bu oqim valutani qo‘llab-quvvatlaydigan zaxirani hosil qiladi. Foydalanuvchilarga valutani yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi “xamyon”, dasturiy xizmatlar yetkazib beruvchilari milliy qoidalarga amal qilishlari kerak bo‘ladi.

Facebook’ka moliyaviy ishlar bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi haqida qayg‘uradiganlar uchun firma Libra borasidagi qarorlar qabul qilinishi jarayonini desentralizatsiya qiladi. Uning institutsional yuragi – moliyaviy firmalar va notijorat guruhlardan iborat tashkilotlar. Ularning asosiy vazifasi – blokcheyn, Libra tangasi kimga tegishli ekani haqidagi ma'lumotlar bazasini kuzatishdan iborat. Valuta chiqarilishi vaqtida ushbu assotsiatsiyada 100 ta a'zo bo‘lishi, ularning har biri blokcheyning bir tugunini boshqarishi taxmin qilinmoqda.

Valuta Facebook’ning 2,4 mlrd foydalanuvchilariga taklif etiladi, biroq samarali harakat uchun Libra ko‘plab korxonalar tomonidan qabul qilinishi kerak. Assotsiatsiya odamlar valutadan foydalanish va yangi valutani ushlab qolishi uchun “qo‘llab-quvvatlash dasturlari”, asosan subsidiyalarni amalga oshiradi. U har bir a'zo tomonidan to‘lanadigan badallar evaziga moliyalashtiriladi. Facebook hamyonlarning yagona yetkazib beruvchisi bo‘lmaydi. Biroq assotsiatsiya Facebook tomonidan Libra to‘lovlarini amalga oshirish uchun asos solingan Calibra sho‘'ba korxonasi boshqa firmalar oldida adolatsiz afzallikka ega bo‘lmasligini ta'minlashi lozim. Facebook’ning o‘zi esa Xitoydagi ikki internet giganti WeChat va Alibaba kabi bir necha moliyaviy xizmatlar to‘plamini ishlab chiqsa kerak.

Ko‘p narsa silliq kechmasligi mumkin. Ishchi prototip hali sinab ko‘rilmagan. Facebook haqiqatan ham nazoratni rad etishni istayotganini isbotlashi kerak. Libra va boshqa kriptoloyihalar o‘rtasidagi adolatli raqobat borasidagi hadiklar saqlanib qoladi. Har qanday muvaffaqiyat muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar har bir g‘arb omonatchisi o‘zining jamg‘armalari o‘ndan bir qismini Libra’ga o‘tkazganida uning zaxira fondi 2 trln dollardan ortiq bo‘lar edi, bu esa Apple’ning bozor kapitalizatsiyasidan deyarli ikki marta ko‘p deganidir. Agar Facebook foydalanuvchilari Libra’ni xaridlarni amalga oshirish va pul o‘tkazmalari uchun qabul qilishsa, u dunyodagi yirik moliyaviy tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin. Bu esa hukumatlarning iqtisodiy suvereniteti pasayishiga olib keladi. Natijada hukumatlar Libra’ni bloklash vasvasasiga tushishi mumkin. Libra’ning moliyaviy tizimga ta'siridan hadiksirash kerakmi yoki yoki ma'qullashmi? Bu aniq emas.

Mavzuga oid