O‘zbekiston | 23:00 / 15.07.2019
117676
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Bahriddin Bahodirovich Valiyev Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda 2017 yil yozidan buyon ishlab kelgan va shu kunlarda ishdan olingan Sherzod Obloqulov o‘rnini egalladi.

Bahriddin Valiyev avval ham (2010 yilgacha) Toshkent shahri prokurori bo‘lgan.

U 2017 yilning martida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Buxoro viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlangandi.

Bundan avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Timur Normuhammedov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid