Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yosh grossmeysterlar shohsupada
Toshketdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslari nihoyasiga yetdi.
Ushbu musobaqada yurtimizning bugungi kundagi eng kuchli 13 shaxmatchisi ishtirok etdi, musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi , O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va qator homiy tashkilotlar tomonidan tashkillashtirildi.
Bu safargi birinchilikda Marat Jumayev, Sayidali Yuldashev kabi tajribali shaxmat ustalari bilan birga so‘nggi vaqtlarda yuksak natijalar ko‘rsatayotgan Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov , Abdumalik Abdusalimov kabi yosh iqtidorlar ham dona surdilar.
Musobaqa 13 kun davom etdi va murosasiz kurashlar bilan o‘tdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, 10 ochko to‘plagan Javohir Sindarov birinchi o‘rinni egalladi va shaxmat bo‘yicha tarixda eng yosh O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Shohsupaning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini 8.5 ochkodan to‘plagan ikki Nodirbek- N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovlar egallashdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha Oliy liga shohsupasining hammasini yosh, umidli shaxmatchilar egalladilar.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, g‘oliblar birinchi o‘ringa-8 mln 700 ming so‘m,ikkinchi o‘ringa-6 mln so‘m, uchinchi o‘ringa-3 mln 500 ming va shu kabi, 8-o‘rinni olgan ishtirokchigacha pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Hamza Umarov
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025