Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an S-400 majmualari joylashtirilishi 2020 yil apreligacha yakunlanishiga va'da berdi
Turkiya Rossiya tomonidan yetkaziluvchi S-400 zenit-raketa majmualarini joylashtirishni 2020 yil apreligacha yakunlamoqchi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytdi.
Avvalroq Erdo‘g‘an Anqara Rossiya bilan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilganini ma'lum qilgandi.
“Turkiya havo hujumiga qarshi mudofaa sohasida yetakchi davlatlardan biriga aylanmoqda. Maqsadimiz – Rossiya bilan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini birgalikda ishlab chiqarishdir”, deb aytgan Turkiya yetakchisi. Biroq Erdo‘g‘an qanday tizimlarni nazarda tutgani ma'lum qilinmagan.
Turkiya 12 iyuldan S-400 qismlarini ola boshladi. Majmua strategik va taktik aviatsiya samolyotlari, ballistik raketalar, gipertovushli nishonlar va havo hujumining boshqa vositalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025