Iqtisodiyot | 12:23 / 16.07.2019
6637
6 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqarish tizimida robotlar inson o‘rnini egallashi kerak emas

Foto: REUTERS/Stringer

AQShda 1949 yil oxirida ishlab chiqarish sohasida qancha ishchi band bo‘lgan bo‘lsa, 70 yil o‘tib, hozir ham bu raqam bir xilligicha qolmoqda, deya axborot beradi weforum nashri AQSh Mehnat statistikasi byurosi ma'lumotiga tayanib.

1949 yilda AQSh og‘ir iqtisodiy qiyinchilik ichida qoladi va shu vaziyatda Oq uy ishlab chiqarish o‘rinlarini ko‘paytirish uchun harakat boshlab yuboradi.

O‘tgan davr mobaynida zavodlarda qancha o‘zgarishlar qilingan bo‘lishiga qaramay, ishlab chiqarish yo‘nalishi hanuz innovatsiyalarga muhtoj bo‘lib qolmoqda. Hali ko‘p manufakturachilar to‘rtinchi industrial inqilob (yuksak imkoniyatlarga ega raqamli va analog texnologiyalardan foydalanish) doirasida harakat qilmayapti. Natijada, unumdorlikning o‘sish darajasi qayd etilmayotganligi va kutilmagan o‘zgarishlar ko‘pchilik uchun qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Shunday bo‘lishiga qaramay, Xalqaro iqtisodiy forum va McKinsey&Company hamkorlikda aniqlagan yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhi to‘rtinchi sanoat inqilobi texnologiyalaridan foydalanishning muvaffaqiyatli yo‘llarini topish yo‘lida izlanmoqda. 

Ular uchun sun'iy intellekt kabi innovatsiyalar mehnat shaklining o‘zgarishiga, yuqori unumdorlikka erishishga va inson mehnati orqali amalga oshiriladigan ishning yaxshilanishiga yo‘l beradi. 

Shuningdek, Global Lighthouse Network tashkiloti bir qancha turdagi sanoat va geografiyalarni e'lon qilib boradi va qiziquvchilarni texnologik adaptatsiyani kuchaytirish uchun turli amaliyot va nazariy bilimlar platformasi bilan ta'minlaydi.

Masalan, «Texnologiya inson kuchi bilan ishlaydi, ularni chetlashtirish bilan emas» qoidasi ham shu platformada mavjud. 

Unda aytilishicha, robototexnika barcha ish o‘rinlarini qisqartirishi mumkinligi xavfi kuchayishiga zid ravishda sanoat yetakchilari barcha ishchilarga ishlab chiqarishda o‘z ish kunlaridan zavqlanishiga imkon beradigan yo‘l bilan texnologiyaga moslashmoqda. Bundan tashqari, ular xodimlari uchun vazifalari yanada qiziqarli va birxillikdan xoli bo‘lishiga, xilma-xil hamda sermahsul bo‘lishi uchun harakat qilmoqda.

Misol keltiradigan bo‘lsak, Ruminiyaning Ulmi hududidagi Arcelik lighthouse kompaniyasida kichik qiymatli amallarning avtomatlashtirilishi jarayondagi xarajatlarni 11 foizga qisqartirgan.

Turkiyadagi Ford Otosan site korxonasi esa raqamli ishlab chiqarish va yuqori sifatli avtomatlashtirish bilan ortiqcha xarajatlarsiz daromadni 6 foizga oshirishga va ishchilar jalb qilish darajasini 45 foizga ko‘paytirishga harakat qilmoqda. 

Kichik qadamlar emas, katta odimlar muhim. Odatda ishlab chiqarish kichik o‘nglanishlar va progressiv o‘zgarish bilan tavsiflanadi. Yetakchi korxonalar esa sanoatda standartlarni butunlay yangilash ishlarini qilmoqda.

McKinsey&Company esa kelajakda ishlab chiqaruvchilar va dastlabki sun'iy intellekt targ‘ibotchilari orasidagi farq katta bo‘ladi deb degan fikrni ilgari suryapti.

Birdamlik muhim omil. Innovatsiya eng ko‘p ekotizimda sodir bo‘ladi. Ekotizim universitetlar bilan ishlashni, startap loyihalarini va boshqa texnika ta'minot turlarini o‘z ichiga oladi. 

Masalan, Finlyandiyada Nokia`s site kompaniyasi yangi mahsulotini tanishtirish jarayonida dizayn va ishlab chiqarish sifati uyg‘unlashtirmoqda.

Turli texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini 30 foizgacha yaxshilash maqsadida kabelsiz tarmoqqa ulangan. Va bu mahsulot sotuvini oldingiga qaraganda 50 foiz tezroq kechishiga imkon yaratgan.

Janubiy Koreyaning Posco Plant korxonasi esa sun'iy intellekt yordamida metall sanoatida unumdorlikni oshirish uchun harakat qilmoqda. U kichik va o‘rta biznes, startaplar va akademiklar yordamida o‘zining smart-zavod platformasini yaratmoqchi.

Scheinder Electronic base esa Indoneziyada joylashgan korxona. U o‘z mijozlari va hamkorlariga turli texnologik yechimlarni oshkor qilmoqda. Tashkilotning maqsadi butun operatsion tizimni yaxshilashdan iborat.

Hajm unchalik ahamiyatli emas. Katta korxonalar obro‘sining saqlanishi innovatsiya uchun katta to‘siq emas. Kichik va o‘rta biznesda omadini sinayotgan tadbirkorlar ham unchalik katta bo‘lmagan investitsiya bilan anchayin narsani o‘zgartirishlari mumkin.

Lekin innovatsiya va yangi texnologiyalarga ega bo‘lish imkoni boy mamlakatlar uchun chegaralanmagan. Masalan, Sharqiy Yevropada texnik salohiyati yuqori bo‘lgan korxonalar ko‘plab topilsa-da, ularning asosiy bazasi Xitoyda jamlangan.

Yangilik har doim ham yaxshi degani emas. Katta o‘zgarishlar yangilariga pul tikkandan ko‘ra mavjudlarini moslashtirish orqali qilinishi samaraliroq. Eskidan meros jihozlar ko‘pchilik ilg‘or korxonalarda yangiliklarga to‘siq emas, balki mavjud tizimni rivojlantiruvchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Indoneziyaning Petrosea plant tashkiloti bir qancha muammolar girdobida qolgandi. Biroq yuk tashish mashinalari kabi texnikalarning rivojlantirilishi, real vaqt birligidagi monitoring va dron tadqiqotlari orqali o‘ta kam foyda oluvchi kon sanoatini 6 oy ichidayoq foyda keltiradigan biznesga aylantira oldi. 

Bunday misollar ko‘plab topiladi. Garchi hammasining rivojlanish darajasi va tarixi har xil bo‘lsa-da, hammasi texnik taraqqiyot tufayli yuzaga chiqishda davom etadi.

Mavzuga oid