MAK: Pokiston va Hindiston havo hududidan o‘tish bo‘yicha barcha taqiqlar bekor qilindi

Foto: KUN.UZ
Milliy aviakompaniya tomonidan tarqatilgan ma'lumotga ko‘ra, bugundan boshlab Pokiston va Hindiston havo hududidan o‘tish bo‘yicha barcha taqiqlar bekor qilingan.
Shu munosabat bilan, MAKning Dehli, Mumbay, Bangkok, Kuala Lumpur va Jakartaga reyslari optimal yo‘nalishlardan foydalanishni tiklamoqda. Qayd etilishicha, buning oqibatida ushbu reyslar parvozi vaqti 2-3 soatga qisqaradi.
“Barchani bu quvonchli hodisa bilan tabriklaymiz va o‘tgan 5 oy davomidagi tushunish hamda sabr-toqat uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi MAK xabarida.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

21:17 / 23.05.2025