Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temur Kapadze ham «Lokomotiv»dan ketdi. U «Paxtakor»ga qaytmoqda
Temur Kapadze «Lokomotiv»ning U-21 jamoasi murabbiyi lavozimidan ketdi.
37 yoshli mutaxassis Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda «Paxtakor»ga ishga o‘tayotganini ma'lum qildi.
Kapadzening aytishicha, «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze klubning yoshlar jamoasidan ko‘ngli to‘lmayotgani bois uni «sherlar» o‘rinbosarlariga ustozlik qilishga taklif etgan.
Ma'lumot uchun, Temur 2017 yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2018 yil fevralida O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan va termani 4ta o‘yinda maydonga boshlab tushgan edi. O‘sha yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida «Paxtakor» akademiyasida ham rahbar o‘zgargan, Baxtiyor Dadamatov o‘rniga Islom Ahmedov akademiya direktori etib tayinlangan edi.
Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining yaqin o‘tmishdagi boshqa bir futbolchisi Aziz Haydarov ham «Lokomotiv»ni tark etgani, u futbolchilik faoliyatiga yakun yasab, O‘FAda Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ish boshlashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
15:16 / 25.03.2025