Jahon | 18:46 / 17.07.2019
11786
1 daqiqa o‘qiladi

Kurdistondagi restoranda turkiyalik diplomatni otib ketishdi

Foto: Daily Sabah

Iroqning Arbil shahrida turkiyalik diplomatlar hujumga uchradi. Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah nashri yozmoqda. Manbada aytilishicha, Turkiyaning Arbildagi konsulligida ishlovchi uch nafar diplomat «Huqqabaz» restoranida ovqatlanayotgan vaqtda hujumga uchrashgan.

Noma'lum qurollangan shaxs restoran oynasidan diplomatlarga qarata o‘q uzgan va ulardan biri voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki diplomat jarohatlangan. Konsullik rahbari Hoqon Karacha voqea joyida bo‘lmagan. Voqea Iroq Kurdistoni deb yuritiladigan Arbilning eng tinch hududida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Daily Sabah'ning yozishicha, «Huqqabaz» turkiyalik tadbirkorlarga tegishli restoran hisoblanadi va konsullik vakillari u yerga ko‘p borishadi. «Huqqabaz» Iroqda yana ikkita restoran ochishga tayyorlanayotgani ham ma'lum. Yaqin Sharqda mashhur hisoblangan bu restoranlar tizimi BAA, Ummon va Qatarda ham o‘z shoxobchalariga ega.

Mavzuga oid