Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi
Samarqandning «Sherdor» xokkey klubi 2019/20 mavsumida Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi. U Toshkentning «Binokor» klubi o‘rnini egallaydi, deb xabar beradi Qozog‘iston Xokkey Federatsiyasi (QXF).
Endi QXF vakillari «Sherdor» klubining uy stadioni «Samarqand Arena»ni tekshiruvdan o‘tkazishadi. U 2019 yil sentabr oyida, ya'ni musobaqa boshlanishi arafasida ishga tushirilishi kerak.
Hozircha «Sherdor» xokkey klubi tarkibi haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas. «Samarqand Arena» muz saroyining qurilishi 2017 yili «So‘g‘diyona» parki hududida boshlangan.
Iyun oyida Toshkentning «Binokor» klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi, jamoaning dastlabki yig‘ini 14 iyul kuni boshlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ko‘rinib turibdiki, klub rahbariyati bu rejani amalga oshirish imkonini topmagan.
Mavzuga oid
08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi
22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi
13:30 / 19.03.2023