Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov: Savodsizlik - o‘qituvchilari bahor-kuzda dalada bo‘lgan ta'lim tizimi oqibati
O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov jurnalist Kirill Altmanga bergan intervyusida mamlakatda ta'lim sifatini yaxshilashga e'tibor qaratilayotgani haqida gapirdi.
«Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor maktab ta'lim sifatini yaxshilash va 2030 yilga kelib PISA ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingda eng yuqori o‘ttiztalikka kirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Nima uchun bunday yuqori maqsadni qo‘ydik. Yuqori maqsad bo‘lmasa harakat bo‘lmaydi. Nima uchun PISA? Chunki u ta'lim sifatini baholash xalqaro tizimi hisoblanadi. Shuncha yildan beri ish olib boramiz, lekin hech qachon ta'lim sifatini boshqa davlatlarning ta'lim sifati bilan solishtirmaganmiz. Qachonki ta'lim sifatini xolisona o‘lchaydigan milliy tizim bo‘lmasa va biror-bir xalqaro tizimga kirmasa, ta'lim sifati haqida qanday mulohaza yuritish mumkin?», dedi u.
Shermatovning fikricha, O‘zbekistonda ta'lim sifatini baholashning milliy tizimi mavjud emas.
«Mana bu maktabda ta'lim berish boshqa maktabdagiga nisbatan yaxshi deganimizda, bu judayam sub'yektiv hisoblanadi, chunki bizda ta'lim sifatini baholashning obektiv tizimi yo‘q.
Afsuski, xorijga ishga borayotgan hamyurtlarimiz hattoki o‘z familiyasini yoza olmasligi yoki rus tilida so‘zlasha olmasligi haqidagi gaplarni eshitib qolamiz. Bu ham afsuski, o‘sha o‘qituvchilari bahorda ham, kuzda ham dalada bo‘lgan ta'lim tizimining oqibatidir», deya fikr bildirdi xalq ta'limi vaziri.
Mavzuga oid
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov
12:12 / 05.01.2024