Jahon | 11:10 / 18.07.2019
9704
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada 316 ta avtobus bekati arilar uchun uyalarga aylantirildi

Statistikaga ko‘ra, Niderlandiyada arining 358 turi yashaydi. Afsuski, ushbu mehnatsevar va sayyora uchun muhim mavjudot qirilib bitish arafasida. Yaqinda ana shu g‘aroyib hasharotlarga xavfsiz boshpana yaratish borasida mamlakat hukumati ajoyib yechim topishga muvaffaq bo‘ldi. Utrext shahridagi bekatlar ari uchun uyalarga aylantirildi.

Shahar kengashi xodimlari odatiy bekatni muhim va foydali narsaga aylantirishni o‘ylab topishdi. Bugun Utrextda uch yuzdan ortiq bekatlar bor. Ularning tomida turli xil o‘simliklar o‘sadi.

Bekatlarning yangi dizayni shaharni bezabgina qolmay, biologik xilma-xillik, jumladan, asalari va arining boshqa turlari kamayib ketishining oldini oladi. Bundan tashqari, o‘simliklar ekilgan tomlar ifloslanishlarning mayda zarralari to‘planishiga hissa qo‘shadi va tabiiy yomg‘ir suvlarini ushlab qoladi. Ular havoni tozaroq qiladi va shahar aholisining salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

«Yashil tomlar – shahar hayotining sog‘lom va qulay bo‘lishining tarkibiy qismi. Ular iqlim muammolarini hal etish, suv toshqinlarining oldini olishda yordam beradi va odamlar yuqori haroratli yoz mavsumining qurbonlariga aylanmasliklarini kafolatlaydi», - deyiladi Utrext shahrining rasmiy saytida.

Mavzuga oid