Tunda yanada go‘zal bo‘ladigan Registon Kun.uz obektivida (Fotogalereya)
Saytimizda ertadan Registon ansambliga «Sharq taronalari» musiqiy tanloviga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan 17:00 dan keyin kirish mumkin bo‘lmasligi haqida xabar berdik. Ammo biz sizni Registon tunda qanday go‘zal bo‘lishidan hikoya qiluvchi fotosayohatga taklif qilamiz.
Samarqand shahrining eng gavjum yeri doim Registon bo‘lgan. Qishda ham, yozda ham bu yer o‘ziga yarasha go‘zal. Ayniqsa yoz oqshomlarida Registonda qadam qo‘ygani joy topilmaydi. Tun yarmidan oqqandan keyin ham o‘tmishning aksi bo‘lib bu mag‘rur minoralar oldi odamlar bilan to‘la bo‘ladi.
Sayyohlar ham albatta tungi Samarqandni tomosha qilishni Registondan boshlashadi. Sayyohlar hayrat, havas bilan Registonni tomosha qilishadi. «Sharq taronalari» oldidan esa maydon ayniqsa chiroyli tusga kiradi. Chunki turli rangdagi chiroqlar o‘rin almashib, maydonga o‘zgacha mahobat bag‘ishlaydi.
Quyida Kun.uz muxbiri tungi Registondan tayyorlagan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
Mavzuga oid

11:52 / 22.01.2025
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan pul so‘radi

10:31 / 14.11.2024
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi

18:59 / 15.09.2024
Foto: Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi

11:58 / 27.08.2024