Dunyoning yirik aviakompaniyalari Lufthansa va British Airways Qohiraga parvozlarni to‘xtatdi
Dunyoning yirik aviakompaniyalari Lufthansa va British Airways 20 iyulda Misr poytaxti Qohiraga parvozlarni to‘xtatishini e'lon qildi. Kompaniyalar buni yo‘lovchilar xavfsizligi haqida qayg‘urishi bilan tushuntirgan.
Lufthansa Myunxen va Frankfurt-Mayndan Qohiraga parvozlarni bir kunga, ya'ni 20 iyulga to‘xtatgan.
“Lufthansa uchun xavfsizlik eng ustuvor jihat bo‘lgani uchun aviakompaniya vaziyat tekshirilayotgan vaqtga Qohiraga parvozlarni to‘xtatishga qaror qildi”, deyilgan nemis aviakompaniyasida.
Aviakompaniyada tafsilotlar ma'lum qilinmagan va parvozlar to‘xtatilishining asl sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
O‘z navbatida British Airways Qohiraga parvozlarni bir haftaga to‘xtatdi. Britaniya aviatashuvchisi ham o‘z qarorini “yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari xavfsizligi eng ustuvor vazifa” ekani bilan asoslagan.
Britaniya tashqi ishlar vazirligi sayyohlarni Misrga parvozlar vaqtida xavf yuqoriligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
08:40 / 16.10.2024
Lufthansa AQShda yahudiylar diskriminatsiyasi uchun jarimaga tortildi
11:10 / 14.10.2024
Lufthansa rahbari: GFRga parvozlar soni qisqarishda davom etadi
01:19 / 07.09.2024