Jahon | 14:10 / 21.07.2019
3364
1 daqiqa o‘qiladi
Hongkong politsiyasi yirik miqdordagi portlovchi moddalarni musodara qildi
Hongkong politsiyasi ommaviy namoyishlar arafasida yirik miqdordagi portlovchi moddalarni musodara qildi, deb xabar berdi CNN telekanali.
Xabarda aytilishicha, Tsuyen Van sanoat rayonida qo‘lbola bomba tayyorlashi taxmin qilingan fabrikaga reyd uyushtirilgan. Politsiyachilar reyd davomida ikki kilo portlovchi modda, o‘nta benzinli bomba, yemiruvchi suyuqliklar va qurollar topishgan. Politsiya 27 yoshli erkakni qo‘lga olgan.
Ushbu portlovchi moddalar navbatdagi ommaviy namoyishlar arafasida topilgan.
Keyingi vaqtda shahar aholisi Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024